“Barsa” yana qimmat transferga qo‘l urdi

  • 29.08.2024 11:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Evropa chempionati qahramonlaridan Daniel Olmo transferini muvaffaqiyatli amalga oshirgan “Barselona” endi himoya chizig‘ini kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda.

Kataloniyaliklar Olmoning sobiq jamoasi “Leyptsig”dan yana o‘yinchi olmoqchi. Bu gal “Barsa” mutasaddilari himoyachi Muhammad Simakanga ko‘z tikmoqda.

Footmercato nashri ispan grandiga frantsiyalik futbolchini olish oson bo‘lmasligini yozmoqda. Chunki Bundesliga klubi o‘z o‘yinchisini 50 million evroga baholayapti.

“Barselona”ning ayni paytdagi moliyaviy ahvoli bu transferni ko‘tara olmasligi aytilyapti.

24 yoshli himoyachining “Leyptsig” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar davom etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!