“Barsa” yanvarda ikki yulduz bilan xayrlashadigan bo‘ldi
Ispaniya chempionatining amaldagi g‘olibi “Barselona” asosiy tarkibga kira olmayotgan ikki o‘yinchisini ijaraga berish masalasida “Jirona” bilan muzokaralarni ijobiy yakunlash arafasida turibdi.
Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, “Jirona” Ispaniya chempionatining ikkinchi yarmida turnirdagi holatini barqarorlashtirish maqsadida tarkibini “Barselona” futbolchilari hisobiga kuchaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
“Jirona” kutayotgan nomzodlardan biri – darvozabon Mark-Andre ter Shtegen. Nemis posboni joriy mavsumda barqaror o‘yin amaliyotiga ega emas, uning “Barselona” bilan shartnomasi esa hali ikki yarim yil davom etadi. Ijara varianti unga La Liga darajasida muntazam o‘ynash imkonini beradi.
Shuningdek, “Jirona”ning yangi o‘yinchilari ro‘yxatiga yarim himoyachi Mark Bernal ham kiritildi. “Barselona” rahbariyati bu futbolchining rivojiga ishonadi va ijarani chempionatda tajriba orttirishi uchun yaxshi imkoniyat sifatida ko‘rmoqda. Qayd etilishicha, “Jirona” futbolchilarga yuqori darajada o‘ynash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyor.
Fikrlar