"Barsa" yarim himoyachisiga APLning ikki klubidan taklif bo‘lmoqda!

  • 21 avgust, 13:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachsi Mark Kasadoga APL klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqida "Marca" nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga birdaniga Premer-liganing ikki nomdor jamoasi - "Vest Xem" hamda "Vulverxempton" klublari qiziqish bildirgan. Ingliz klublari kataloniyaliklar bilan 21 yoshli futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin.  "Ko‘k-anorranglilar" rahbariyati esa yarim himoyachini 30 million evro evaziga sotib yuborishga tayyor, biroq Kasadoning o‘zi "Barselona"da qolmoqchi. 

Ma’lumot uchun, Mark Kasado Kataloniya klubida o‘tgan mavsum 36 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar belgilangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!