“Barsa” yulduzi baloga qoldi

  • 18.02.2026 19:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatining 24-turida safarda “Jirona”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan “Barselona” musobaqa jadvalida ashaddiy raqib “Real”ni oldinga o‘tkazib yubordi.

Bu uchrashuvda kataloniyaliklarga sardorlik qilgan Frenki de Yong matbuotda keskin tanqid qilinmoqda.

The Touchline nashri bir necha manbalarning niderlandiyalik pleymeykerga bergan tanqidiy bahoasini jamlab chiqdi.

Marca:

Frenki de Yong to‘pga egalik qilishdan hech qanday foyda chiqar olmadi, unga ijodkorona yondashuv yetishmadi.

Mundo Deportivo:

Birinchi o‘rinni qaytarib olmoqchi bo‘lgan jamoaga yaqqol yetakchi yetishmadi. Frenki de Yong oddiy paslar beradi va himoyada ishonchli o‘ynay olmaydi.

Sport:

Frenki de Yong faqat “Barselona” to‘liq ustunlik qilgan uchrashuvlarda yaxshi o‘ynaydi, lekin muvozanat buzilgan paytlarda qiynaladi va uning zaif tomonlari yaqqol ko‘rinib qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!