
“Barsa” yulduzi klubdan ketadigan bo‘ldi
“Barselona”ning tajribali yarim himoyachisi Serxi Roberto yozda jamoani tark etishi kutilmoqda.
Relevo nashrining xabar berishicha, klub kelasi mavsum unga asosiy tarkibdan joy kafolatlamaslikka qaror qildi.
Mutasaddilar asosiy e’tiborni jamoa tarkibini yoshartirishga qaratadi va ko‘proq Aleks Balde, Gavi, Vitor Roke singari yosh o‘yinchilarga tayanishni rejalashtirmoqda.
Serxi Robertoning o‘zi bosh murabbiy lavozimida Xavi Ernandes qolsa, faoliyatini kataloniyaliklar safida davom ettirish istagini bildirgan edi. Chunki ispaniyalik mutaxassis Serxi bilan birga to‘p tepgan va uning mahoratini yuqori baholab kelayotgan edi.
Serxi Roberto klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 32 yoshli futbolchi 2013 yili asosiy jamoaga qabul qilingan va shundan beri asosiy figuralardan biri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Fikrlar