
“Barsa” yulduzi kutilmaganda termani tark etdi!
“Barselona”dan Ispaniya terma jamoasiga chaqirtirilgan Dani Olmo murabbiylar shtabi qarori bilan Shveytsariyaga qarshi o‘yin oldidan klubga qaytarib yuborildi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, yarim himoyachi ozgina shikastlangan. Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente o‘yinchining salomatligini xavfga qo‘ymaslik uchun klub ixtiyoriga qaytib ketishini aytgan.
Dani Olmo endi biroz hordiq chiqarganidan keyin klub tarkibida navbatdagi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘radi.
Ispaniyalik yarim himoyachi yaqinda Germaniyaning “Leyptsig” jamoasidan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan edi. Aslida Olmo “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikrlar