
“Barsa” yulduzi sardorlik bog‘ichini shayxlarning puliga alishmadi
“Barselona”ning braziliyalik legioneri Rafinya Saudiya Arabistonidan yuqori daromadli taklif oldi.
Biroq hujumkor futbolchi kelajagi borasida aniq rejasi borligini va “Barselona”ga sardorlik qilayotganidan faxrlanishini aytdi.
- “Barselona” bilan amaldagi shartnomam bor va men uni oxiriga etkazib qo‘yishga qaror qilganman.
Men bu jamoada ekanimdan baxtiyorman. Bundan tashqari, “Barselona”ning sardorlik bog‘ichiga egalik qilayotganimdan faxrlanaman. Bu men uchun katta sharaf , - dedi Rafinya.
Rafinya 2022 yildan beri “Barselona”da o‘ynayapti. Kataloniyaliklar safida jami 97 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 26 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 29 ta golli pas uzatgan.
Fikrlar