Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Barsa" yulduzingni ber, 100 million yevro to'laymiz!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Naqd sanaydiganlar bor

«Barselona» tarkibida to‘p surib kelayotgan yosh ispaniyalik yarim himoyachi Fermin Lopesga bir vaqtning o‘zida to‘rtta ingliz klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Sport.es nashri ma’lumoticha, 23 yoshli futbolchiga qiziqish avvalgi yozdayoq paydo bo‘lgan. O‘shanda Angliya klublari Lopes uchun 70 million yevro taklif etgan, ammo «Barselona» uni sotishdan bosh tortgan edi. 

Endi esa qishki transfer oynasi arafasida bir nechta yetakchi APL jamoalari yarim himoyachi uchun 100 million yevro atrofida taklif kiritgani aytilmoqda. Manbalarga ko‘ra, futbolchiga eng katta qiziqishni «Manchester Yunayted» va Londonning «Chelsi» klubi namoyon etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Fermin Lopes Ispaniya chempionatida kataloniyaliklar safida 11 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q