“Barsa” yulduzini olib bersangiz, “Manchester Yunayted”ni boshqaraman!

  • 12.10.2024 14:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” xo‘jayinlari jamoani tark etishi kutilayotgan Erik ten Xag o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda.

Manchesterliklar ko‘z tikayotgan mutaxassislar orasida ishsiz yurgan Tomas Tuxel ham bor.

Angliya nashrlarining yozishicha, germaniyalik mutaxassis manchesterliklar oldiga shart qo‘ygan. Unga ko‘ra, “Yunayted” qishki transferlar vaqtida “Barselona”dan urugvaylik Ronald Arauxoni olib kelishni so‘ragan.

Kataloniyaliklar o‘z o‘yinchisini sotib yuborishga tayyor. Ular urugvaylik futbolchini kamida 80 million evroga baholamoqda.

Ronald Arauxo “Barselona”ga 2018 yili kelgan. Ayni paytga qadar asosiy jamoada 150 ta uchrashuvda qatnashib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari sakkizta gol va beshta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!