“Barsa”da katta muammo chiqib qoldi

  • 31.05.2024 15:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” klubi rahbariyati jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan Xans-Diter Flik va uning shtabini La Liga qaydnomadan o‘tkaza olmasligi mumkin.

Marca nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklarga yangi murabbiylarni qaydnomadan o‘tkazish uchun moliyaviy vaziyat yo‘l qo‘ymayapti. Klub tezkor ravishda yoki qo‘shimcha daromad topishi, yo mablag‘ bo‘shatishi talab etiladi.

Klub 29 may kuni germaniyalik mutaxassisni yangi bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi.

Tajribali mutaxassis kataloniyaliklar bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!