“Barsa”ga 18 yoshli Messi keladi
Frantsiyaning “Strasburg” klubiga tegishli bo‘lgan qanot hujumchisi Rayan Messi faoliyatini Ispaniya grandi “Barselona”da davom ettirishi mumkin.
Ayni paytda Rayan Messi ijara shartnomasi asosida Saudiya Arabistonining “Neom SK” klubida o‘ynayapti.
Manbalarda qayd etilishicha, 18 yoshli fransuz futbolchisiga “Barselona”dan tashqari “Bavariya” va “Pari Sen-Jermen” kabi qudratli klublar ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Biroq “Strasburg” klubi xo‘jayinlari “Chelsi”ga ham egalik qilishini inobatga olib, ekspertlar London klubi yosh iste’dodni o‘z safiga qo‘shib olish masalasini tezlashtirishi mumkinligini ta’kidlayapti. Chunki “Chelsi” xo‘jayinlari ham Messini klub kelajak loyihasining muhim qismi deb hisoblaydi va uni qo‘yib yuborishni istamayapti.
Joriy mavsumda Rayan Messi barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning “Strasburg” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtasigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar