“Barsa”ga kerak bo‘lmay qolgan sardorga zo‘r ish chiqdi

  • 12 iyun, 08:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning asosiy darvozaboni va sardori Mark-Andre ter Shtegenning klub rahbariyati bilan munosabatlari sovugan. Germaniyalik golkiper klubda uni ketkazishga urinayotgan odamlar borligini aytgan edi.

Tecno

Ana shunday vaziyatda 33 yoshli golkiperga Angliya Premer-ligasidan jiddiy chorlov bo‘lyapti. TEAMtalk nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted” o‘z darvozasini ter Shtegenga topshirishga tayyor.

Manchesterliklar ishonchni oqlay olmagan Andre Onana o‘rniga bir necha nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida Mark-Andre ter Shtegenni qo‘lga kiritish varianti ma’qul ko‘rilyapti.

Germaniya terma jamoasi posboni kataloniyaliklar safida 2014 yildan beri o‘ynab keladi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha tuzilgan.

Transfermarkt portali tajribali futbolchini 12 million evroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!