“Barsa”ga “kichkina Messi” kerak emas!

  • 01.10.2026 11:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» sport direktori Deku klub Kichkina Messi laqabi bilan mashhur «Manchester Yunayted»ning yosh iqtidori Jey-Jey Gabriyelga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

O‘tgan hafta 15 yoshlik Gabriyel «Barselona»da ko‘rilgan edi. Bundan avval yosh hujumchi «Manchester Yunayted»ni tark etish niyati borligini klubga bildirgan.

Xabarlarga ko‘ra, Ispaniya Gabriyel oilasi uchun ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Biroq Deku Jey-Jeyning vaziyatini to‘liq tushunmayotganini aytdi va bu masalada o‘zini chetda tutishni ma’qul ko‘rmoqda.

- Bu futbolchi haqida aytadigan gapim yo‘q. Bu odatiy holat, chunki biz bilan doimo turli futbolchilar bog‘lanadi. Bunday holatlar hatto yosh futbolchilar borasida ham juda ko‘p uchraydi.

Biz uning vaziyatidagi hech bir futbolchiga qiziqmayapmiz. Nima bo‘layotganini aniq bilmayman, ammo agar u hali ham «Manchester Yunayted» futbolchisi bo‘lsa, bu masalaning bizga aloqasi yo‘q.

Avvalo, biror harakat qilishdan oldin uning vaziyati qanday ekanini tushunib olishimiz kerak. Yosh futbolchilar, o‘smirlar bilan muzokara olib borish esa bizning ishimiz emas, - dedi Deku talkSPORT nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!