“Barsa”ga o‘tishim syurpriz bo‘ldi. Puldan voz kechdim

  • 02.09.2026 22:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik hujumchi Gabriel Jezus “Arsenal”dan Ispaniyaning “Barselona” klubiga o‘tish uchun maoshining salmoqli qismidan voz kechganini aytdi.

Avvalroq “Barselona” Jezusni “Arsenal”dan 8,6 million funt evaziga sotib olganini tasdiqladi va Braziliya terma jamoasi futbolchisi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Jezus “Barselona”ning qiziqishi uni uchun kutilmagan hol bo‘lganini tan oldi. Biroq “Manchester Siti”ning sobiq hujumchisi Xansi Flik jamoasiga qo‘shilish uchun katta sa’y-harakat qildi.

- Men maoshimni sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo‘ldim, ammo bu yerda bo‘lish – orzu. Transfer amalga oshishi uchun nafaqat men harakat qilishimga to‘g‘ri keldi, balki “Barsa” ham o‘z rolini o‘ynadi.

Agar siz mendan bir oy oldin so‘raganingizda, bu o‘tish ehtimoli juda pastligini aytgan bo‘lardim. 29 yoshimda “Barsa”ga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishimni o‘ylamagandim, - deya Jezusning so‘zlarini ESPN keltiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!