“Barselona” Angliyadan futbolchi olmoqchi. Biroq ularga "Chelsi" raqobat qilmoqda

  • 01.07.2022 17:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" "Lids"ga yarim himoyachi Rafinya Dias uchun rasmiy taklif yubordi, deb xabar berdi jurnalist Fabritsio Romano tvitterdagi sahifasi orqali.

29 iyun kuni Kataloniya klubi va “tovuslar” rahbariyati transferni og‘zaki muhokama qilgan. Biroq ispan klubi futbolchi uchun qancha taklif qilgani borasida ma’lumotlar yo‘q.

Qayd etilishicha, “Lids” “Chelsi” bilan kelishib qo‘ygani sababli “ko‘k-anorranglilar”ning taklifini qabul qilmoqchi emas.

Rafinya o‘tgan mavsum "Lids"ning barcha musobaqalar doirasidagi 35 ta o‘yinida ishtirok etib, o‘z hisobiga 11 gol va 3 assist yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!