
"Barselona" Artur o‘rniga zo‘r futbolchi topib qo‘ydi
"Lion" klubi yarim himoyachisi Bruno Gimarayns faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” vakillari allaqachon 22 yoshli braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha uning agenti bilan aloqaga chiqishgan. “Lion” ham Frantsiya chempionati muddatidan avval yakunlangani bois Gimaraynsni sotib yuborishga tayyor.
"Lion" Bruno Gimaraynsni joriy qishki transferlar davrida "Atletiko Paranaense" klubidan 20 mln evaziga sotib olgan edi.
Fikrlar