"Barselona" asosiy darvozabonini qanchaga sotishini ma’lum qildi
Myunxenning "Bavariya" klubi "Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenni sotib olishga jiddiy bel bog‘lamoqda.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, nemis grandi 27 yoshli germaniyalik posbonni joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olmoqchi. Biroq, kataloniyaliklar uni shartnomada ko‘rsatilgan 180 mln evrolik tovon pulidan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” katta maosh talab qilayotgani uchun ter Shtegen bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. U joriy mavsum 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan shuncha gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar
qulimdan duo qilish keladi xolos