
"Barselona" etakchi futbolchisidan ayrildi
"Barselona" klubining markaziy himoyachisi Erik Garsiya safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 21 yoshli ispaniyalik futbolchi kecha La Liganing 25-turidan o‘rin olgan "Valensiya"ga (4:1) qarshi o‘yinda jarohat olgan.
Uning tiklanish vaqti hozircha noma’lum. Shu sababli Garsiyaning 24 fevral kuni Evropa ligasi 1/16 final bosqichi doirasida “Napoli”ga qarshi bo‘ladigan javob bahsida ishtirok etishi so‘roq ostida.
Joriy mavsumda Garsiya "Barsa" safida 23 ta o‘yin o‘tkazdi.
Fikrlar