"Barselona" etakchisi uchun mavsum yakunlandi

CHERY AUTO

Ispaniyaning "Sport.es" nashrining xabariga ko‘ra, "Barselona" yarim himoyachisi Pedri uchun mavsum yakunlandi. Navbatdagi 4ta o‘yinda futbolchi jamoasiga yordam bera olmaydi.

Tecno

Pedrining mushaklari shikastlangan. Shifokorlarning fikricha, futbolchiga bo‘lgan oshiqcha bosim sababli charchoq alomatlari ham sezilmoqda. 

Shuningdek, havbek Ispaniya terma jamoasining iyun oyidagi yig‘inini o‘tkazib yuboradi. Joriy mavsum Pedri 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va bitta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!