Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barselona" futbolchisi Saudiya yo‘l olishi mumkin

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

Hamma narsa futbolchining o‘ziga bog‘liq

Saudiyaning "Al-Hilol" klubi "Barselona" futbolchisi Rafinyani oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. 

"Fichajes" nashri bergan maʼlumotiga koʻra, riyodliklar vinger uchun bonuslar bilan qoʻshib hisoblaganda 100 million yevro toʻlashga tayyor. Agar Rafinyaning oʻzi jamoani tark etishga qaror qilsa, "Barselona" rahbariyati futbolchining ketishiga toʻsqinlik qilmaydi.

Braziliyalik futbolchining Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha moʻljallangan. Uning hozirda transfer bozoridagi narxi 80 million yevroga baholamoqda. 

Eslatib oʻtamiz, 29 yoshli vinger joriy mavsum Flik qoʻl ostida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol kiritdi va 4 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻydi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q