"Barselona" Grizmanni sotib olish fikridan qaytdi
"Barselona" klubi rahbariyati jamoaga "Atletiko" forvardi Antuan Grizmanni olib kelish fikridan qaytdi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq kataloniyaliklar yozgi transferlar davrida frantsiyalik futbolchini sotib olishga yana bir bor urunib ko‘rishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, endi ularning rejasi o‘zgardi. “Barselona”ning mavsumlar oralig‘idagi asosiy transfer nishoni esa “Ayntraxt” forvardi Luka Yovich hisoblanadi.
Ta’kidlash lozimki “Barselona” sport direktori Erik Abidal kecha Evro-2020 saralashi doirasida bo‘lib o‘tgan Portugaliya va Serbiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda Yovichni kuzatish uchun shaxsan stadionga tashrif buyurdi.
Fikrlar