"Barselona" Joao Pedroga qiziqmoqda, ammo futbolchi ketishni istamayapti

  • 25.03.2026 14:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Jurnalist Saymon Fillips maʼlumotiga koʻra, kataloniyaliklar sport direktori Deku 24 yoshli braziliyalikning vakili bilan ehtimoliy transfer yuzasidan aloqaga chiqqan.

Biroq futbolchining oʻzi "Chelsi"ni tark etish niyati yoʻqligini aniq bildirgan.

Pedro oʻtgan yozdan buyon londonliklar safida oʻynamoqda. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 43 ta oʻyinda ishtirok etib, 18 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Uning "Chelsi" bilan shartnomasi 2033 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, futbolchining bozor qiymati 75 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!