
"Barselona" Joshua Kimmix uchun kurashdan chiqdi. Sabab yana o‘sha!
"Barselona" klubi "Bavariya" futbolchisi Joshua Kimmixni sotib olish fikridan voz kechdi. Bu haqda Ispaniyaning "Sport" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kataloniyaliklarga germaniyalik yarim himoyachining yuqori narxi ma’qul kelmagan. Ularning bu kabi yuqori summani to‘lay olmasligi aytilmoqda.
Ayni vaqtda "Transfermarkt" portali Kimmixni 75 million evroga baholamoqda. U joriy mavsum Bundesliganing 11 o‘yinida bitta gol va 3 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar