"Barselona" Levandovskiga maoshni keskin kamaytirgan holda yangi shartnoma taklif qiladi

  • 29.03.2026 11:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovskiga bir yillik yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqida "Diario Sport" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yangi kelishuv uzaytirish optsiyasiz bo‘ladi va futbolchining maoshi sezilarli darajada kamaytiriladi. Xususan, klub uning maoshini qariyb 50 foizga qisqartirishi mumkin, bu esa gollar va o‘yinlar soniga bog‘liq bonuslar orqali qoplanadi.

Kataloniya klubida Levandovskining javobi aprel oyi oxiri yoki may boshlarida ma’lum bo‘lishini kutmoqda.

37 yoshli forvard esa jamoa loyihasida o‘z ahamiyatini his qilishni va klubdagi kelajagiga ishonch hosil qilishni istamoqda. Shu bois, uning Hans-Diter Flik bilan uchrashuvi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, polshalik hujumchida moliyaviy jihatdan ancha manfaatli takliflar ham mavjud. Biroqb Robert Levandovski uchun hozircha eng asosiy omil sport natijalari bo‘lib qolmoqda.

Joriy mavsumda u La Liga doirasida 24 ta o‘yinda 11 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!