"Barselona" Olmo transferini qachon e’lon qilishi ma’lum

  • 09.08.2024 14:17
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" Dani Olmoning transferini ma’lum qilishi haqida qaror qabul qildi. "Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" germaniyalik futbolchini bugun o‘z futbolchisi sifatida e’lon qiladi. 

Olmoga ushbu yozgi transferlar oynasida ko‘plab top-klublar, jumladan, "Manchester Siti" va "Bavariya"dan  qiziqish bo‘ldi. Biroq, 26 yoshli hujumkor yarim himoyachi "Barselona"ga qaytishga qaror qildi. 

Ushbu transfer "Barsa"ga 60 million evrodan ko‘pga tushadi. Ispan grandi kafolatganlan 55 million evro va 7 million evro bonus to‘laydigan bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, Dani yaqinda Ispaniya terma jamoasi tarkibida Frantsiyaga qarshi o‘yinda gol urdi va mazkur turnirda chempion bo‘ldi. Bundesliganing o‘tgan mavsumida u 21 uchrashuvda 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!