«Barselona» o‘z maydonida «TsSKA Moskva»ni engdi

CHERY AUTO

Basketbol bo‘yicha Evropa ligasining 16-turida Gretsiyaning «Panatinaikos» jamoasi Turkiyaning «Anadolu Efes» klubini 90:79 hisobida enggan bo‘lsa, Ispaniyaning «Unikaxa» hamda «Valentsiya» o‘rtasidagi bahs 83:85 hisobida yakunlandi.

«Barselona» o‘z maydonida «TsSKA Moskva»ni uchrashuvida kataloniyaliklar raqibini 85:72 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ispaniya poytaxtida o‘tgan «Real Madrid» va Isroilning «Makkabi T-A» jamoalari uchrashuvida 93:81 hisobi qayd etildi.

Chempionatning «Fenerbaxche»(Turkiya) va «Baskoniya»(Ispaniya) jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda mezbonlar 79:74 hisobida g‘alaba qozondi. «Srvena Zvezda» (Serbiya) azaliy raqibi «Jalgiris» (Litva)ni 77:65 hisobida mag‘lub etdi.

Shuningdek, Gretsiya sharafini himoya qilayotgan «Olimpiakos» Italiyaning «Milan» jamoasini qabul qilib, 87:80 hisobida zafar quchdi. Rossiyaning «Ximki» klubi Germaniyada «Bamberg» mehmoni bo‘lib 74:70 hisobida o‘yinni o‘z foydasiga hal etdi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!