"Barselona" posboni jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi

  • 23.09.2024 20:41
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Mark-Andre ter Shtegen tizzasidan olgan jarohatidan so‘ng operatsiya qilinadi.

"Barselona" va Germaniya terma jamoasi darvozaboni kecha "Vilyarreal"ga qarshi kechgan La Liga o‘yinining 1-bo‘limi oxirida jarohat oldi. Uni zambilda maydondan olib ketishdi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Darvozabon bugun operatsiya qilinadi, tiklanish vaqti keyinroq ma’lum qilinadi.

"Marca" nashri qayd etganidek, Ter Shtegenning operatsiyadan keyin tiklanishi taxminan 8 oy davom etadi. "Blaugrana" darvozaboni 2024/25 yilgi mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!