"Barselona" posboni uzoq muddatga safdan chiqdi

  • 02.02.2026 17:24
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Jirona" safida ijara asosida harakat qilib kelayotgan "Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegen jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqani ma'lum bo‘ldi. Bu haqida " Cadena SER" nashri xabar bermoqda. 

Manba ma'lumotiga ko‘ra, tekshiruv natijalaridan so‘ng germaniyalik darvozabonning tizza osti payida jarohat aniqlandi. Bu jarohat sabab, Mark taxminan 2 oy davomida maydonga tusha olmaydi.

Shtegenning bu jarohatidan keyin "Girona" "Barselona" bilan tuzilgan ijara shartnomani muddatidan oldin bekor qilish haqida o‘ylamoqda.

Ma'lumot uchun, Ter Shtegen "oq qizillar" safida 2 ta uchrashuvda maydonga tushishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!