"Barselona" qishda shu hujumchini oladi
Yaxshi tanlov
«Bryugge» klubi forvardi, nemis hujumchisi Nikolo Tresoldi yana ispaniyalik yetakchi jamoalar e’tibor markazida. Bu haqida sport jurnalisti Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli to‘purarga «Barselona» va «Atletiko» (Madrid) jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining ehtimoliy transferi 50 million yevro atrofida baholanmoqda va kelishuv qishki transfer oynasidayoq amalga oshishi mumkin.
2026/27 yildgi mavsumda Tresoldi barcha musobaqalar hisobga olingan holda, jumladan Chempionlar Ligasida, to‘qqiz o‘yinda beshta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Hujumchining «Bryugge» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 25 million yevroga teng.
Izohlar (0)