«Barselona» Rossiyada «Ximki»ni engdi
Basketbol bo‘yicha Evropa ligasining 15 turining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Unda Rossiyaning «Ximki» klubi o‘z maydonida Ispaniyaning «Barselona» jamoasiga 65:79 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. «Anadolu Efes» (Turkiya) va «Bamberg» o‘rtasidagi uchrashuv «Sinan Erdem Doum» sport saroyida o‘tkazildi. Unda mezbonlar raqibini 69:58 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘n beshinchi turning «Baskoniya» (Ispaniya) – «TsSKA Moskva» (Rossiya) hamda «EA7 Milan» (Italiya) – «Tsrvena Zvezda» (Serbiya) jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bir ozdan so‘ng boshlanadi. Ushbu o‘yin natijalari bilan keyingi xabarlarimizda tanishtirib boramiz.

Fikrlar