"Barselona" sardori faoliyatini APL grandida davom ettirishi mumkin

  • 19.12.2025 15:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubiga tegishli bo‘lgan germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegen faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish variantiga ega. Bu haqda "Teamtalk" xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Londonning "Tottenxem" klubi darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Barselona" ham o‘z navbatida ter Shtegenni sotishga tayyor, ammo hozircha aniq muzokaralar o‘tkazilgani yo‘q.

Ter Shtegen "ko‘k-anorranglilar" safida 2014 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2028 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Germaniyalik posbonning bozor narxi etti million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!