"Barselona" sobiq bosh murabbiyi: Barchadan minnatdorman!

  • 07.11.2021 16:02
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

So‘nggi 10 kun davomida "Barselona"ni boshqargan murabbiy vazifasini bajaruvchi Serxi Barxuan qisqa muddatli faoliyatini sarhisob qildi.

"Men barcha harakatlari uchun futbolchi va xodimlardan minnatdorman. Bu kunlar juda keskin o‘tdi. O‘z ishimga qaytish vaqti keldi. Olg‘a, "Barsa!",-dedi 49 yoshli mutaxassis. La Liga navbatdagi turidan o‘rin olgan o‘yinda Xavi kataloniyaliklar boshqaruvida debyut qiladi.

Barxuan qo‘l ostida "ko‘k-anorranglilar" 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ichki chempionat doirasida "Alaves" va "Selta" bilan murosa ko‘chasi tanlangan bo‘lsa, Chempionlar ligasida Kievning "Dinamo"si mag‘lub etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!