“Barselona” sobiq futbolchisi “real” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

  • 11.03.2026 20:56
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Komo” nosh murabbiyi Sesk Fabregas “Real Madrid” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqida El Desmarque jurnalisti Xorxe Pikon xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, madridliklar yosh mutaxassisni jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida ko‘rishmoqda.

Manbaga ko‘ra, Fabregasning Italiyadagi faoliyati "qaymoqranglilar" rahbariyatini hayratda qoldirgan.

Fabregas 38 yoshda, u o‘tmishda "Barselona"da o‘ynagan va u bilan 2012/13 yildgi mavsumda La Ligada g‘olib chiqqan. Sesk Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ayni paytda ispaniyalik murabbiy qo‘l ostidagi "Komo" A Seriya musobaqa jadvalidа beshinchi o‘rinda bormoqda.

Abduvaliev A.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!