"Barselona" to‘rtinchi darvozaboni bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 21 avgust, 16:58
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" darvozabon Inyaki Penya bilan kelishib oldi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar klubi va 26 yoshli futbolchi shartnomani yana bir yilga (2027 yilning yarmigacha) uzaytirish va ijaraga ketish borasida kelishib olgan.

Tecno

Penyaga "Komo", "Selta", "Galatasaroy" va "Jirona" kabi klublar qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, bu klublarning har biri avvaliga tarkibda "Barselona" darvozaboni uchun joy bo‘shatishi kerak.

Inyaki Penya "Barselona"ning to‘rtinchi darvozaboni hisoblanadi. Shu bilan birga, Voysex Shesni hali ro‘yxatdan o‘tmagan, Mark-Andre ter Shtegen esa yaqinda belidagi muammolar tufayli operatsiya qilingan va tiklanishni boshlagan. Jamoaning asosiy darvoza yozda "Espanol"dan sotib olingan Joan Garsia bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!