"Barselona" Ter Stegen bilan muzokaralarni to‘xtatdi, darvozabon Italiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter-Stegenning kelajagi noaniq qolmoqda. Bu haqida Diario Sport nashri xabar bermoqda.

Nashrda qayd etilishicha, tomonlar o‘zaro muzokaralar olib borib bir qarorga kela olishmagan, asosiy muammo futbolchining maoshi bo‘lib qolmoqda. COVID-19 koronavirus pandemiyasi tarqalishi sababli yuzaga kelgan inqiroz sababli kataloniyaliklar muzokaralarni to‘xtatib qo‘yishga majbur bo‘lishdi.

Shuni aytish joizki, ter Stegen bilan shartnomani uzaytirish "ko‘k-anor ranglilar" uchun ustuvor maqsadlardan biridir. Shu qatori, darvozabon bilan Italiyaning "Yuventus" va Germaniyaning "Bavariya" klubi qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!