“Barselona” yana ikki futbolchisi ketganini e’lon qildi

  • 02.09.2026 08:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Belgiyaning “Antverpen” klubi “Barselona” bilan kataloniyaliklar himoyachisi Alvaro Kortesning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqida kataloniyalik klub matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Barselona” futbolchining kelajakdagi sotuvidan ma’lum bir foiz olish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Shuningdek, “Barselon” rahbariyati jamoa vinger Toni Fernandezni “Venetsiya”ga ijara asosida o‘tganini ma’lum qildi. Kataloniya klubi futbolchini qayta sotib olish huquqi va uning kelajakdagi har qanday transferidan foiz olish imkoniyatini saqlab qoladi.

21 yoshli Kortes o‘tgan mavsumda “Barselona” asosiy jamoasi safida atigi 1 ta o‘yin o‘tkazgan.

2025/2026 yildgi mavsumda esa u “Barselona B” safida 27 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma bergan.

18 yoshli Toni Fernandez ham o‘tgan mavsumda La Ligada asosiy jamoa safida 1 ta o‘yinda maydonga tushgan. Rezerv jamoasi safida esa 24 ta uchrashuv o‘tkazib, 5 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!