"Barselona" yangi markaziy himoyachini topdi
Jamoa yangilanib boraveradi
Ispaniyaning mashhur klubi «Barselona» Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi markaziy himoyachisi Tarik Muharemovichni jamoaga taklif etish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqida Football Insider nashri xabar berdi.
23 yoshli futbolchi yozda Italiyanning «Sassuolo» klubidan «Lids» safiga o‘tgan edi. Manbalarga ko‘ra, himoyachiga faqat kataloniyaliklar emas, balki Angliya Premer-ligasining bir nechta boshqa klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Muharemovich Premer-ligadagi o‘yinlari orqali mutaxassislar e’tiborini tortdi. Aynan shu omil «Barselona»ning unga bo‘lgan qiziqishi oshishiga sabab bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Jurnalistlar ma’lumoticha, «Lids» yozgi transfer oynasidan oldin futbolchini 34 million funt evaziga sotib olgan. Muharemovich ingliz klubi tarkibida hozirga qadar yetti uchrashuvda maydonga tushib, bir gol urdi va bir golli uzatma muallifiga aylandi.

Izohlar (0)