
"Barselona"da ikki muhim o‘yin oldidan jiddiy yo‘qotish
"Barselona"ning ikkinchi darvozaboni "Rayo Valekano"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.
Belida noqulaylik sezayotgan Mark-Andre ter Shtegen 25 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan La Liganing 14-turi doirasidagi safar o‘yinida ishtirok eta olmaydi. Inaki Penya bellashuvni asosiy tarkibda boshlaydi.
"Diario Sport" xabariga ko‘ra, 28 noyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turidan o‘rin olgan “Portu”ga qarshi o‘yinda Ter Shtegen o‘z vaqtida tiklanishga ulgurmasligi mumkin.
Qayd etish lozim, Penya "Barselona" asosiy tarkibida 5 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar