“Barselona”da yana katta muammo

  • 12.09.2024 20:50
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo La Liganing joriy mavsumining ikkinchi qismini o‘tkazib yuborishi mumkin.

“Marca” nashri xabar berishicha, "Barselona" moliyaviy jihatdan o‘sganiga va futbolchilarning maoshi limitini ko‘targaniga qaramay, “1:1” qoidasiga amal qilmayapti. Agarda, klub yanvarchaga moliyaviy ahvolni bundanda yaxshilamasa, Olmoni Ispaniya chempionatining 2-yarimi uchun ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasida "Barsa" futbolchisiga aylandi. Kataloniyaliklar tarkibida u ikkita uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!