“Barselona”da yangi mojaro boshlandi

  • 8 may, 2024, 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona”da bosh murabbiy Xavi Ernandes va klub prezidenti Joan Laporta, sport direktori Deku o‘rtasida mojaro kelib chiqdi.

Bunga tomonlarning “Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Bernardu Silva transferi masalasida bir to‘xtamga kela olmagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Todofichajes nashriga ko‘ra, Xavi kelasi mavsum oldidan jamoa tarkibini portugaliyalik futbolchi yordamida kuchaytirmoqchi va uni olib kelishni talab qilmoqda.

Klub rahbariyati esa, bu transfer katta xarajat talab qilishini o‘rtaga qo‘yib, bosh murabbiy so‘rovini rad etmoqda.

Laporta va Deku qimmatbaho Bernardu Silva o‘rniga Niko Uilyams va Dani Olvo variantini tavsiya qilmoqda.

Xavi esa, natijaga javobgar shaxs sifatida jamoaga aynan u tanlagan Silva olib kelinishini talab qilishdan to‘xtamayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!