
“Barselona”dan g‘alabani tortib olishdi
Basketbol bo‘yicha Evropa ligasi chempionatida 14-tur bahslari yakunlandi.
Unda Ispaniyaning ikki jamoasi “Baskoniya” va “Barselona” o‘zaro kuch sinashdi. «Fernando Buesa Arena»da o‘tkazilgan o‘yinda “Baskoniya” raqib jamoani 85:82 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, Rossiyaning “TsSKA” hamda “BK Ximki”klublari o‘rtasidagi o‘yinda 79:68 hisobi qayd etildi.
Turkiyada “Anadolu Efes” jamoasi Gretsiyaning “Olimpiakos” klubiga 58:61 hisobida mag‘lubiyatga mag‘lub qilgan bo‘lsa, “Unikaxa” (Ispaniya) 74: 71 hisobida “EA7 Milan” (Italiya)ni engdi.
Fikrlar