"Barselona"ning "bomba" transferi barbod bo‘ldi

  • 31 yanvar, 2023, 23:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva "Barselona"ga o‘tmaydigan bo‘ldi. Bu haqda "AS" nashri xabar tarqatmoqda. 

Manbaning xabariga ko‘ra, "shaharliklar" portugal futbolchining "Barselona"ga o‘tish istagida ekanligiga qaramay, uni qo‘yib yubormoqchi emas. 

"Ko‘k-anorranglilar" uni mavsum yakuniga qadar sotib olish optsiyasi bilan ijaraga olishni rejalashtirayotgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya klubi Silvani yozda ham qo‘lga kiritishga harakat qilgan, ammo oxir-oqibat ushbu transfer amalga oshmagandi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!