"Bashakshehir" bugun qiyin raqibga qarshi maydonga tushadi!
Turkiya Superligasining 22-turi doirasida markaziy uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tadi. Unda so‘nggi paytlarda ishonchli va barqaror o‘yin ko‘rsatayotgan "Istanbul Boshakshehir" o‘z uyida "Beshiktosh"ni qabul qiladi.
Mazkur jamoalar ayni paytda turnir jadvalida 4 va 5-o‘rinlarni egalab, yonma-yon bormoqda. Ushbu bahs oldidan Fanatik nashri klublarning taxminiy asosiy tarkiblarini e’lon qildi.
Manbaga ko‘ra, bosh murabbiy Nuri Shahin hamyurtimiz Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullaevni uchrashuvning ilk daqiqalaridan maydonga tushirishi kutilmoqda.
"Boshakshehir":
Muhammad, Omer Ali, Duarte, Opoku, Operi, Kemen, Umut, Shomurodov, Fayzullaev, Kharit, Zelke.
"Beshiktosh":
Vaskes, Murillo, Agbadu, Djalo, Yasin, Cherni, Asllani, Olaytan, Orkun, Ture, Ox.
Fikrlar