Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Bashakshehir" jahon chempionatida Abbos Fayzullaevdan nimalar kutyapti?

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

"Bashakshehir" Abbosbek Fayzullaevga JCh-2026 da O'zbekiston terma jamoasi safida omad tiladi va undan munosib o'yin kutmoqda.

Turkiyaning "Bashakshehir" klubi matbuot kotibi Gyokhan Yilmaz jamoa yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaevning Jahon chempionati — 2026 da Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibidagi oʻyini borasida oʻz fikrlarini bildirdi. Maʼlumki, Oʻzbekiston musobaqani K guruhidan boshlaydi. U yerda terma jamoamiz Portugaliya, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi termalariga qarshi maydonga tushadi.

"Jahon chempionatida ishtirok etayotgan jamoamizning besh nafar futbolchisiga omad tilaymiz. Abbosdan oʻz terma jamoasida munosib oʻyin kutyapmiz va unga ishonamiz", — dedi Yilmaz.

Jahon chempionati — 2026 bugun, 11 iyul kuni start oladi va 19 iyul kuni yakunlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q