Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Bavariya" 100 million evrolik transferga qo‘l urmoqda

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zoʻr oʻyinchi qimmat turadi

Portugaliyaning mashhur klubi «Benfika» safida to‘p surayotgan hujumkor futbolchi Janluka Prestianni kelgusida Germaniya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. 

Bu haqida Footmercato nashri Record manbasiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshli vinger xizmatlariga Myunxenning «Bavariya» jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

Avvalroq Prestianmini o‘z tarkibida ko‘rishni istagan klublar orasida Fransiyaning PSJ jamoasi ham tilga olingan edi.

«Benfika» rahbariyati argentinalik futbolchining transfer qiymatini 100 million yevro atrofida baholamoqda.

2026/2027 yilgi mavsumda Janluka Lissabon klubi tarkibida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q