"Bavariya" darvozabonining farzandi vafot etdi

  • 1 avgust, 18:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" darvozaboni Sven Ulrayx 6 yoshli o‘g‘lining vafot etgani haqida xabar berdi.

Tecno

"Chuqur qayg‘u bilan shuni ma’lum qilamizki, bir necha hafta oldin o‘g‘limiz Len uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi.

Bu haqda ommaga ma’lum qilish qarorini qabul qilish biz uchun juda qiyin bo‘ldi - ammo oilamiz uchun bu atrofimizdagilarga ham, jamoatchilikka ham aniqlik kiritish uchun muhim qadamdir.

Qizim bilan birga qadam-baqadam hayotga qaytishga harakat qilyapmiz. Oilamiz, do‘stlarimiz va "Bavariya" futbol klubiga so‘nggi oylarda ko‘rsatilgan vazminlik va katta qo‘llab-quvvatlash uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz - bu biz uchun juda muhim.

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillaridan shaxsiy hayotimizga nisbatan tushunish va hurmat ko‘rsatishlarini so‘raymiz. Qo‘shimcha so‘rov yoki murojaatlardan tiyilishingizni so‘raymiz", - deb yozadi Myunxen klubining 36 yoshli darvozaboni Ulrayx.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!