
"Bavariya" Flikka taklif bilan chiqdi
Myunxenning "Bavariya" klubi sobiq bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan muzokaralar olib bormoqda. Insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, nemis grandi 59 yoshli mutaxassisga taklif bilan chiqqan.
Manbaga ko‘ra, "Bavariya" rahbariyati murabbiyga ikki yillik mehnat shartnomasini taklif qilmoqda. Jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2023/2024 yilgi mavsum yakunida jamoani tark etadi. Joriy mavsum "Bavariya" uchun omadsiz bo‘ldi. Tuxel shoigrdlari chempionatni "Bayer"ga boy bergan bo‘lsa, EChL yarim finalida "Real"ga yutqazib musobaqani tark etdi.
Eslatib o‘tamiz, Flik 2019 yildan 2021 yilgacha "qizillar"ni boshqargan. Flikning oxirgi ish joyi Germaniya terma jamoasi bo‘lgan.
Fikrlar