"Bavariya" futbolchisi yana Ispaniyaga qaytishi mumkin
“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Xavi Martines yana Ispaniyaga qaytishi mumkin.
EITB nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli ispaniyalik futbolchiga “Atletik” Bilbao jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Ta’kidlash kerakki, Martines ushbu jamoa tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Ma’lumotlarga qaraganda bilbaoliklar Martines uchun nemis grandiga 10 mln evro to‘lashga tayyor. O‘z navbatida bu taklif “Bavariya”ni qanoatlantirishi mumkin.
Agar tomonlar kelishuvga erishishsa, “Atletik” Martines bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” Martinesni yil “Atletik”dan 40 mln evro evaziga sotib olgan edi.
Fikrlar