“Bavariya” katta transferga qo‘l urdi

  • 08.05.2024 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul” tarkibida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. Yurgen Klopp ketganidan keyin ayrim etakchi o‘yinchilar ham o‘ziga boshqa ish topishi mumkinligi aytilmoqda.

Bu vaziyatdan “Bavariya” oqilona foydalanib qolmoqchi. Myunxenliklar yozgi transferlar vaqtida “qizillar” himoyasi etakchisi Virjil van Deykni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Sports Zone nashriga ko‘ra, Bundesliga klubiga tajribali futbolchini transfer qilish oson bo‘lmaydi.

Virjil van Deyk ixtiyorida Saudiya Arabistoni klublari jo‘natgan mo‘may daromadli takliflar ham turibdi.

Niderlandiyalik himoyachi “Liverpul”dagi faoliyati davomida klublar miqyosidagi barcha nufuzli turnirlar bosh sovrinini qo‘lga kiritib bo‘lgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!