«Bavariya» Noyer o‘rniga 3 ta nomzod topdi
Manuеl Noyer jarohatga qaramaй faoliyatini 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha davom ettirishni rejalashtirmoqda.
«Bavariya» va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer yaqinda jarohat oldi va shifokorlar uni kamida 6, ko‘pi bilan 12 hafta maydondan chetda qolishini aytmoqda. Shu bilan birga, tajribali posbon jarohat tufayli faoliyatini darhol yakunlash niyatida emas.
Germaniyaning Sky telekanali jurnalisti Florian Plettenberg ma’lumotiga ko‘ra, Noyer 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha o‘ynashni rejalashtirgan. Shu bilan birga, manbaga ko‘ra, Manuelning aynan shu yozda katta futbol bilan xayrlashish ehtimoli 99,9 foizga baholanmoqda.
Shu asnoda «Bavariya» rahbariyati ikkinchi darvozabon izlashga kirishdi. Klub ro‘yxatida Oliver Baumann, Bernd Leno va Loris Karius nomlari tilga olinmoqda.
Hozircha «Bavariya» Bundesligada peshqadamlikni saqlab turibdi. Myunxenliklar «Borussiya» Dortmund bilan bir xil — 21 ochkodan to‘plagan, ammo to‘plar nisbati hisobiga raqibidan oldinda bormoqda.
Izohlar (0)